Joriy yilning 18-19 mart kunlari Nukus shahrida sportning suzish turi bo‘yicha U-15, U-17 yoshlar, kattalar va ayollar o‘rtasida Qoraqalpog’iston Respublikasi chempionati bo‘lib o‘tdi.
Unda 100 dan ortiq yoshlar, kattalar va qizlar ishtirok etdi.
Ikki kun davomida sportchilar 50 va 100 metrga erkin, brass va chalqancha suzish bo‘yicha usularda bahslashdi.
Chempionat yakunida g’oliblar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan taqdirlandi.
G’oliblarni taqdirlash marosimida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi, O‘zbekiston suv sporti federatsiyasi Qoraqalpog’iston bo‘limi rahbari U.Jalmenov ishtirok etdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: