2025 yil, 12 fevral kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi majlislar zalida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi apparatining xodimlari ishtirokida, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi ish beruvchi va kasaba uyushmasi o‘rtasida 2023-2025 yillar uchun qabul qilingan jamoat shartnomasining 2024 yilda bajarilishi va hisobot-saylov majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda 2024 yilda jamoat shartnomasining bajarilishi bo‘yicha O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi v.v.b. M.Daniyarov va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi B.Utepbergenovning hisobotlari tinglandi hamda jamoat shartnomasining bajarilishini nazorat komissiyassining dalolatnomasi bilan tanishtirildi. Kun tartibidagi masala majlis ishtirokchilari tomonidan muhokama qilinib yig’ilish qarori bilan jamoat shartnomasining 2024 yilda bajarilishi qoniqarli deb topildi va yig’ilish yopiq deb elon qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ustavi va Qoraqalpog’iston Kengashining Nizomiga asos kasaba uyushma organi 5 yil muddatga saylanishi belgilab quyilganligi va bu muddat kasaba uyushma organida 2025 yil fevral oyida tamomlanishi munosabati bilan Kengash kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov yig’ilishi ochiq deb elon qilindi.
O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmat ko‘rsatish xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Kengashi hisobot-saylov konferentsiyasiga delegat saylash to‘g’risida masalalar ko‘rib chiqilib tegishli qarorlar qabul qilindi.
Atab o‘tgandek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi boshlang’ish kasaba uyushma qo‘mitasining 2020 yil fevraldan 2025 yil fevralga qadar bo‘lgan davrida faoliyati yakunlari va xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishda oldagi vazifalar to‘g’risida qo‘mita raisi Bekpolat Utepbergenov, Taftish komissiyasi a’zosi Kamiljan Uteniyazovning hisoboti tinglanib yig’ilish qatnashchilari tomonidan tanqidiy qo‘z qarashdan muhokama etilib, so‘zga chiqiuvchilarning fikr va takliflari asosida 2020 yil fevral va 2025 yil fevral oylari oralig’ida Kengash kasaba uyushmasi qo‘mitasining faoliyatiga “qoniqarli” baho berildi va taftish komissiyasining hisoboti tasdiqlandi.
Saylovlarga kelganda, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Bas Kenges mәjilisining 2024 yil, 21 dekabrdagi IX-3 sonli «O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g’risida»gi qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari organlari hisobot-saylovlarini o‘tkazish to‘g’risida”gi Nizom talablari asosida qo‘mita raisi muqobillik asosda, yashirin ovoz berish yo‘li bilan qolgan masalalar ochiq ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazish maqullandi.
Yashirin ovoz berish yo‘li bilan Kengash mehnat texnik inspektori Utepbergenov Bekpolat Allanazarovich 5 yil muddatga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi etib saylandi.
Shundan so‘ng, ochiq ovoz berish yo‘li bilan qo‘mita a’zolari, Taftish komissiyasi tarkibi, raisi va O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmat ko‘rsatish xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Kengashi hisobot-saylov konferentsiyasiga delegat saylandi.
Kun tartibdagi masalalar tolig’i bilan ko‘rib chiqildi. Yig’ilish boshqaruvchisi yig’ilishning o‘tishi bo‘yicha majlis qatnashchilarining firik mulohazalarini so‘radi. Fikr takliflar bo‘lmadi. Yig’ilish yopiq deb elon qilindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: