Qoraqalpogiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xojaligi vazirligi va “Qarakalpaq Tsement” MChJ da 11-noyabr – «O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni» munosabati bilan xodimlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh mutaxasissisi Dildora Xodjaeva va Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi boshlig’i Gulmira Palo‘aniyazova ishtirok etdi va 11-noyabr «O‘zbekiston kasaba uyushmalari» kuni sifatida rasmiy belgilanishi haqida sozlab, bayram bilan barcha xodimlarni tabrikladi.
Shuningdek, ish joylarida mehnat sharoitlarini, jumladan zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarini, mehnat jarayonlarining og’irligi va tig’izligini hamda asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligini baholash, shuningdek, mehnat sharoitlarini qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqlashtirish maqsadida ish o‘rinlari mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan davra suhbati ishtirokchilariga tushuntirishlar berdi.
Hozirgi kunda yurtboshimiz tomonidan mamlakatimizda yaratib berilayotgan sharoitlarga alohida e’tirof etildi.
Tadbir davomida kasaba uyushmalari faoliyati hamda ishlab chiqarishga doir amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha ham so‘z yuritildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: