Qoraqalpog’iston Respublikasining Chimboy tumanida «Qishloq xo‘jaligi sohasida gender tenglik, shuningdek, fermer xo‘jaliklari va klasterlarda ishlovchilarning ijtimoiy-iqtisodiy va xuquqiy himoyasi, mehnat muhofazasini kuchaytirish, bunda XMTi hamda milliy mehnat standartlari bo‘yicha soha xodimlarining xabardorligini oshirish, jumladan gender tenglik, majburiy va bolalar mehnati” mavzusidagi amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda, Chimboy tumani xokimining birinchi o‘rinbosari S.Qayыpnazarov so‘zga chiqdi va qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlar va galdagi rejalar xususida so‘z yuritdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari To‘xta Bozorov Mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, tarmoqga a’zo yirik korxona, tashkilotlar va agroklasterlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari to‘g’risida gapirdi. Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi Ulыqbek Jalmenov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashining tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri Gulnara Ilmuradova 2025 yilda Federatsiya tizimida o‘tkaziladigan hisobot-saylov kampaniyasiga tayyogarlik ko‘rish ishlarini tashkil etish to‘g’risida tushintirib o‘tdilar va O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Erg’ali Seytnazarov hamda kengashning Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limining etakchi mutaxassisi Utepbergenov Erkin jumladan gender tenglik, majburiy va bolalar mehnati mavzusida ma’ruza qildilar.
Mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, korxona, tashkilot, fermer xo‘jaliklari, agroklasterlarda tashkil qilingan amaliy seminar yakunida savol-ja
воблар бўлиб ўтди ва иштирокчилар томонидан киритилган таклифларга мутасаддилардан зарур тавсиялар бериб ўтилди.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: