“Yilning eng faol yoshlar ustozi” aniqlandi

Joriy yilning 27-dekabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida “Xoshamet – 2022” mukofotini topshirish marosimi bo’lib o’tti.

Marosimga Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi raisi A.Orыnbaev, vazirlik va tashkilot boshliqlari qatnashdi.

Marosimda, nomzodlar o’z xizmat vazifasini bajarishda fidoiylik ko’rsatib, yuqori natijalarga erishib va jamiyatda hurmat e’tiborga ega, O’zbekiston yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi maqsad va vazifalarini amalga oshirishda fidoyilik ko’rsatayotganlar mukofotlandi.

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining  Qoraqalpog’iston kengashi raisi, senator Ulug’bek Abыlaevich Jalmenov – “Xoshamet 2022” mukofotining “Yilning eng faol yoshlar ustozi“ nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Kengashi tashkiliy ishlar bo’limi mudri Atamuratova Muslima Koptileo’ovna – “Kamalakˮ bolalar tashkiloti fidoyisiˮ nominatsiyasi bilan taqdirlandi.