O‘zbekiston Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashida hisobot-saylov V Konferentsiyasi bulib o‘tdi

2025 yilning 14 may kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi majlislar zalida O‘zbekiston Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari  kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston  Respublikasi Kengashining hisobot-saylov V Konferentsiyasi Nizom va Ustav talablari asosida o‘tkazildi.

Hisobot-saylov konferentsiyasi ishida O‘zbekiston Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari  kasaba uyushmasi Respublikasi Kengashinig o‘rinbosari  B.Fazыlovich, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisining Yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Aliev taklif etildi.

Konferentsiya ishida 21 nafar delegatlar, taftish komissiyasi a’zolari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari  kasaba uyushmasi  Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashining 2020-2025 yillar mobaynidagi faoliyati yakunlariga qoniqarli baho berildi, taftish komissiyasining hisoboti tasdiqlab olindi. Kelgusidagi ishchi-xodilarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq manfaatlarini himoya qilish borasida ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Tarmoq kasaba uyushmasi xudidiy  kengashi raisligiga saylov muqarrar ravishda muqobillik asosida, yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi.

Yashirin ovoz berish natijalariga ko‘ra Paluaniyazova Gulmira Turganbaevna ko‘pchilik ovoz bilan O‘zbekiston Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashining raisi etib takroran saylandi.

O‘zbekiston Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi  Qoraqalpog’iston  Respublikasi Kengashi tarkibi saylanib, kun tartibidagi qolgan saylovlar ham ochiqlik, shaffoflik asosida o‘tkazildi.