O’zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko’rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqolpog’iston Respublikasi birlashgan qo’mitasi tarmoq tizimidagi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «AMUDARYOTEX» xorijiy korxonasida joriy yilning 24 mart kuni 2019-2022 yillar uchun qabul qilingan jamoat shartnomasi bandlarining 2021 yilda bajarilishi bo’yicha yig’ilish konferensiyasi bo’lib o’tdi.
Konferensiyada O’zbekiston Tadbirkorlik.biznes va xizmat ko’rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqolpog’iston Respublikasi birlashgan qo’mitasi raisi Q.Bekmanova, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqolpog’iston Kengashi ijtimoiy himoya bo’limi mudiri P.Toremuratov va bo’lim etakchi mutaxasisi E.Utepbergenov ishtirok etdi.
Konferensiyada 2021 yilda jamoa shartnomasi va ilovalarining bajarilishi boʻyicha korxona direktor o’rinbosari A.Yusupov, kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi F.Kabulov hamda tekshirish komissiyasi raysi M.Awezovlarning hisobotlari tinglandi. Maʼruzalarda korxonaningning ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy sohalari toʻliq qamrab olindi.
Konferensiyada O’zbekiston Tadbirkorlik,biznes va xizmat ko’rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqolpog’iston Respublikasi birlashgan qo’mitasi raisi Q.Bekmanova so’zga shiqib, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 2021 yil davomida 7 ta ustuvor yo’nalishda amalga oshigan ishlar bo’yicha ma’lumot berdi.
Konferensiya ishtirokchilari uzlari qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
Konferensiya so’ngida delegatlar 2021 yilda jamoa shartnomasi, uning ilovalari bajarilishini qoniqarli, deb topdilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: