Beruniy tumanida o’quv seminar va sayor qabul tashkil etildi

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan 2022 yil 15 aprel kuni Beruniy tumani Axborot kutubxona markazi binosida tumandagi tarmoq boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlari faollari uchun “Boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi faoliyatini ustav talablari asosida olib borish” mavzusidagi o’quv-seminari hamda kasaba uyushma a’zolari bilan sayor qabuli tashkil etildi.

O’quv-seminarda tarmoq kasaba uyushmalaridan 76 nafar yangidan saylangan boshlang’ich kasaba uyushma qo’mita raislari ishtirok etti.

O’quv-seminar dasturiga asosan: tashkiliy ishlar bo’limi mudiri G.Ilmuradova “Kasaba uyushmalari xodimlarining potentsialini oshirish”, “Kasaba uyushmasi qo’mitasi faoliyatini rejalashtirish”, “Boshlang’ich tashkilotlarda o’z qarorlari, yuqori tashkilotlardan kelgan hujjatlarning ijrosini monitoringini olib borish”, Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo’limi mudiri P.Toremuratov “Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda kasaba uyushmalarining o’rni”, “Jamoa kelishuvlari va shartnomalarini qabul qilish, amalga oshirish, ijrosini ta’minlash”, Kengash jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo’yicha bosh mutaxassisi O.Urazbaev “Kasaba uyushmalarining huquqiy asoslari. Mehnat shartnomasini tuzish, o’zgartirish va bekor qilishning tartibi”, mehnat texnik inspektori B.Utepbergenov “Korxona va tashkilotlarda mehnat muhofazasi bo’yicha jamoatchilik nazoratini olib borish” “Baxtsiz hodisalarning oldini olish”, madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo’limi etakchi mutaxassisi B.Munnazarov “Mehnat jamoalarida madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil etish”, ijtimoiy sug’urta bo’limi mudiri A.Tursыmuratov “Kasaba uyushmasi byudjeti, ijtimoiy sug’urta byudjeti mablag’larini maqsadli sarflanishini nazorat qilish. Mehnatkashlarning sanatoriylarda sog’lomlashtirilishini tashkil qilish” mavzularida nazariy va amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi.

O’quv-seminar yakunida ishtirokchilardan o’quv-seminar yuzasidan anketa savollariga javoblar olindi, test sinovlari va yakuniy davra suhbati o’tkazildi.

Shunindek, tumandagi turli xil tarmoqlardagi mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan mehnatkashlarning kasbiy manfaatlari bilan bog’liq bo’lgan, ularning mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va bu borada ish natijadorligini oshirish maqsadida o’tkazilgan sayor qabulda 70dan ortiq kasaba uyushma a’zolari ishtirok etdi.

Sayor qabul davomida mehnatkashlarning bugungi kundagi mavjud muammo va savollariga Kengash apparati mas’ul xodimlari tomonidan huquqiy tushintirishlar berildi.