Yoshlar bilan ochiq muloqot — yangi imkoniyatlar sari qadam

Bugun shahrimiz ichida joylashgan Nukus yuridik texnikumida «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Kengashi raisi D.Qutlimuratova, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Aliev hamda Nukus yuridik texnikumi boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkiloti raisi S.Xo‘jaxmetova, texnikum yoshlari ishtirokida o‘tkazildi.

Uchrashuvni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Kengashi raisi D.Qutlimuratova kirish so‘zi bilan boshlab berdi.

Mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, muammolarini o‘z vaqtida hal etish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani hamda Prezidentimiz tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni «Yoshlar kuni» deb belgilangani alohida ta’kidlandi. Ushbu tashabbus doirasida barcha joylarda «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi keng nishonlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g’risida»gi Qonunida aniq belgilab qo‘yilganidek, yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat oldidagi faolligini oshirish maqsadida «Kelajak bunyodkori» medali, «Mard o‘g’lon» davlat mukofotlari hamda qizlarimiz uchun «Zulfiya» nomidagi davlat mukofotlari yoshlarimiz uchun ta’sis etilganini faxr bilan aytib, bunda yoshlarimiz qiziqishlari bo‘yicha raqamli texnologiya, ilm-fan, san’at, madaniyat, sport va yana boshqa yo‘nalishlarda erishgan yutuqlarini qo‘llab-quvvatlash haqida, «Yoshlar tadbirkorligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash»da tadbirkor yoshlarga 100 million so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratilayotganligi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

So‘ng so‘zga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Aliev chiqib, eng avvalo u O‘zbekiston kasaba uyushmasi yoshlar orasida qanday tushunchaga ega ekanligi haqida so‘raldi va yig’ilgan yoshlarga har bir davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari ish joylarida jamoa shartnomasi va mehnat shartnomalari tuzilishi, mehnat va jamoa shartnomalarining tuzilish tartiblari, xodimlarning manfaati qonuniy himoya qilinishi haqida yig’ilganlarga keng tushincha berib o‘tdi.

Prezidentimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor, ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashi va o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan keng va to‘g’ri foydalanish lozimligini tushuntirdi.

Uchrashuv davomida ushbu texnikumda tahsil olayotgan bir qator yoshlarga, ayniqsa faollik ko‘rsatayotgan o‘quvchi yoshlarga O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi va yoshlarning fikr-takliflari, muammolari tinglandi hamda «Rahbar va yoshlar» uchrashuvlari o‘z vaqtida echim topish imkonini bermoqda.