Bu dunyoda baxtli, saodatli yashash – har bir insonning orzusi. Bu yo‘lda har kim kunni tunga, tunni tonga ulab mehnat qiladi, izlanadi, intiladi.
Ta’lim sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilib, bugungi kunda sharafli dam olishda o‘tirgan mehnat faxriylari ko‘p.
Joriy yilning 21 avgust kuni O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘linmasi kengashi tomonidan faxriylar holidan xabar olinib, ularni ijtimoiy himoya qilish tadbirlari tashkil etildi.
O‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Ijtimoiy himoya ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi Lazokat Turikova ishtirok etib, bir qator mehnat faxriylarining uyiga borib, holidan xabar oldi.
Xususan: Nukus shahri 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi Mamutova Gulbahar, 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o‘qituvchisi Ko‘mekova Gala va yana boshqa xodimlarning oilalariga borib, bugungi kunda davlatimiz tomonidan ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilib keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligi, shuningdek uzoq yillar samarali mehnat qilib bugungi kunda hurmatli dam olishda o‘tirgan mehnat nuroniylarni doimo qo‘llab-quvvatlash, ularga kasaba uyushmalari tomonidan ijtimoiy yordamlar ko‘rsatish choralarining olib borilishi haqida samimiy suhbatlar olib borilmoqda.
Tadbir davomida mehnat faxriylariga O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘lim kengashi tomonidan tayyorlangan qimmat baho esdalik sovg’alari topshirildi.
Tadbir davomida bir qator boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkilotlarining faoliyati bilan tanishib, Ish beruvchi tomonidan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, mehnat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qilinayotgan ishlari, kasaba uyushmasi tomonidan xodimlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.







Spelling error report
The following text will be sent to our editors: