12-iyun’-“Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni”

12-iyun-“Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni”  munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan Ellikqal’a tumanidagi “Oral bolalari” dam olish maskanida “Bolalar mehnatiga qizil kartochka: Bolalar uchun adolatli o‘yin, kattalar uchun munosib mehnat!” shiori ostida tadbir o‘tkazilib, bunda dam oluvchi bolalar bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi U.Jalmenov, Ellikqal’a tumani “Oral bolalari” dam olish maskani rahbari R.Allambergenov, Kengashning mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri P.Toremuratov va shuningdek sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha chempionlari T.Ataxanov, G.Xalmuratova va boshqalar ishtirok etdi.

Tadbirda Kengash raisi tomonidan 12-iyun-“Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni” haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Majburiy mexnat shuning ichida bolalar mehnatini to‘qtatish uchun olib borilgan ishlari asosida bir qator ijobiy natijalarga erishilganligi, shuningdek bolalar mehnati to‘qtatilganligini alohida taqidlab o‘tdi.

Shuningdek, T.Ataxanov va G.Xalmuratovalar uzlarining ushbu muvaffaqiyatlarga erishishda davlatimizda barcha sharoitlarning yaratilganligi, bunda yoshlarimiz tug’ri  foydalana bilishi, birinchi navbatda yaxshi o‘qishlari, doimiy ravishda sport bilan shug’ullanishlari, bo‘sh vaqtilarini to‘g’ri tashkil etish kerakligini aytib o‘tdilar.

12-iyun – “Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni” ga bag’ishlanib bolalar orasida rasm chizish tanlovlari, sportning shashka, stol tennis turlaridan musobaqalar o‘tkazilib g’oliblarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan Xalqaro mehnat tashkiloti va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining logotiplari tushirilgan fudbolka, kepka va diplom, qimmat baholi savg’olar bilan mukofotlandi.

“Bolalar mehnatiga qizil kartochka: Bolalar uchun adolatli o‘yin, kattalar uchun munosib mehnat!” shiori ostida tadbirlar To‘rtko‘l tumanidagi “Oq kabutar», Taxiatosh tumanidagi “Aydin jol”, Nukus shahridagi “Aral” bolalar dam olish maskanlarida o‘tkazildi.