Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan 2002 yildan buyon 12 iyun sanasi “Xalqaro bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni” sifatida har yili keng tarzda nishonlanib kelinmoqda.
Joriy yilda ushbu sana munosabati bilan bir qator tadbirlarni amalga oshirish rejasi belgilab berilgan.
12 iyun – “Xalqaro bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni” munosabati munosabati bilan O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘linmasi kengashi tashabbusi bilan joriy yilning 12 iyun kuni Nukus shahridagi «Oral» bolalar dam olishi va sog’lomlashtirish oromgohida ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tadbir Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tomonidan ilgari surilayotgan «Bolalar mehnatiga qizil kartochka: bolalar uchun adolatli o‘yin, kattalar uchun munosib mehnat!» shiori ostida tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston kengashining Madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘limi mutaxassisi B.Munnazarov va O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘linmasi kengashi raisi M.Daulbaevlar ishtirok etib, bugungi sana bilan oromgohda dam olayotgan bolalarni qizg’in qutliqlab, bolalar mehnatiga qarshi kurashishning bugungi kundagi ahamiyati, yurtimizda yosh avlod uchun yaratilayotgan cheksiz imkoniyatlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdilar.
Tadbir davomida oromgohda dam olayotgan bolalar o‘rtasida sportning shashka, stol tennisi turlaridan musobaqalar va erkin mavzuda rasm chizish bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. O‘tkazilgan musobaqalar va ko‘rik-tanlovlar yakunida g’olib va sovrindorlar aniqlanib, ularga bo‘linma kengashi tomonidan tayyorlangan diplom, qimmat baho sovg’alar va o‘quv qurollar to‘plami topshirildi.
Sana munosabati bilan o‘tkazilgan tabdirlar dam olayotgan bolalarda katta taassurot qoldirdi.







Spelling error report
The following text will be sent to our editors: