Bolalarning yozgi dam olishlarin o’tkazishda faol ishtirokchilar taqdirlandi

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan shu yilning 5-oktyabr kuni Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida bolalarning yozgi sog’lomlashtirilishi tashkilotchilarining Anjumani bo’lib o’tdi. Anjumanda bolalarni sog’lomlashtirish bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Muvofiqlashtiruvchi guruhi a’zolari, tegishli vazirliklar, korxona va tashkilot vakillari, sog’lomlashtirish oromgohlari boshliqlari hamda xodimlari ishtirok etdi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Muvofiqlashtiruvchi guruh rahbarining o’rinbosari, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi, senator U.A.Jalmenov so’zga chiqib, yoz mavsumida Respublikamiz hududidagi 11 ta statsionar turdagi oromgohlarda 7-14 yoshgacha 7485 bola hamda 69 ta madaniyat va sport sog’lomlashtirish maydonchalarida 16750 nafar bala jalb etilganligi, shu bilan birga, Koraqalpog’iston Respublikasidan 2 426 nafar bolani Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg’ona, Toshkent Xorazm viloyatlaridagi statsionar turdagi oromgohlarda bepul sog’lomlashtirilganli haqida ma’lumot berip o’tdi.

Tadbirda joriy yilning nominatsiya g’oliblari taqdirlandi.

Atab aytganda, Mo’ynoq tumanida joylashgan «Aq keme» oromgohi jamoati «Eng yaxshi oromgoh-2022», Ellikqal’a tumanida joylashgan «Orol bolalari» oromgohi boshlig’i Allambergenov Rashid «Eng yaxshi oromgoh boshlig’i», Beruniy tumanida joylashgan «Rohat» oromgohi boshlig’i Mamutov Shukurullo «Eng mas’uliyatli tashkilotchi», Taxiatosh tumanida joylashgan «Aydыn jol» oromgohi boshlig’i Jumanazarov Bekmurat «Eng faol xamkor oromgoh rahbari», «O’zbekiston temir yo’llari» AJ boshqaruvi raisi Xasilov Xusnutdin «Eng yaqshi hamkor tashkilot», «Oq kema» oromgohi tarbiyachisi Kosherova Abadan «Eng g’amho’r tarbiyachi», To’rtko’l tumanida joylashgan «Lochin» oromgohining tarbiyachisi Zaripova Aziza «Eng faol etakchi», «Orol bolalari» oromgohining sport murabbiyi Kurbanov Ixtiyor «Eng yaxshi sport murabbiyi», Nukus shahrida joylashgan “Turon” oromgohining to’garak rahbari Yakupova Aysulыo’ «Eng mohir to’garak rahbari», “Aydыn jol” oromgohi oshpazi Abdullaev Alisher “Eng yaxshi pazanda», To’rtko’l tumani hokimi Shamuratov Rustam “Eng jonkuyar hokim”, «Nukus lada trans» MChJ boshlig’i Urazыmbetov Islambek “Yoz mavsumini tashkillashtirishda faol xamkorlik qilgan tashkilot” nominatsiyasi bo’yicha g’olib dep topilib, o’larga O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashining qimmatbaho sovg’a va diplomlar topshirildi.

Bolalarni dam oldirish va sog’lomlashtirish mavsumi davomida yaqindan yordam bergani uchun Beruniy tumani Xalq ta’lim bo’limi metodisti Yusupova Ulbosin, Qoraqalpog’iston Respublikasi qo’riqlash boshqarmasi Nukus shaharlararo qo’riqlash bo’limi qatordagi xodim Joldasbaev Berdaq, Nukus shaharda joylashgan «Turan» oromgohi rahbari Kadыrov Renat, Nukus shaharda joylashgan «Aral» oromgohi rahbari Torebaeva Peruza hamda To’rtko’l tumanida joylashgan «Lochin» oromgohi rahbari Saburov Rashid O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashining «Fahriy yorlig’i» bilan taqdirlandi.

Tadbir davomida san’atkorlar va yosh iqtidorlar  ijrosida kontsert dasturi taqdim etildi.