Kengash va Ijroiya qo‘mita majilisi o‘tkazildi

2026-yil 22 aprel kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Kengashining Kengash va Ijroiya qo‘mita majilisi bo‘lib o‘tdi.

Yig’ilishda Qoraqalpog’iston Kengashining 2026 yil birinchi choragi davomida amalga oshirgan ishlari tahlil qilinib, ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, tizimdagi korxona va tashkilotlarda 2025 yilda jamoa shartnomalarining bajarilishi yuzasidan taqdim etilgan hisobotlar natijalari ham ko‘rib chiqildi.

Jamoa kelishuvlari mazmunini yanada boyitish va ular ijrosini ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, Ijroiya qo‘mitasi yig’ilishlari oralig’ida qabul qilingan qarorlar tasdiqlab olindi. Yig’ilish yakunida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish yuzasidan qarorlar qabul qilinib, tegishli topshiriqlar berildi.