2026 yil, 2 aprel, Nukus shahrida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston kengashi raisi, «Oliy Majlis faxriy deputati» va «Qoraqalpog’iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvonlari sohibi, Juqorg’i Kenges deputati Jalmenov Ulыkbek Abыlevich ishtirokida tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan va ta’lim olayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda yosh mutaxassislar va talabalar bilan to‘g’ridan-to‘g’ri muloqot qilindi, fikr va takliflar eshitildi hamda sohadagi dolzarb masalalarni muhokama qilindi.
Ochiq muloqot davomida ishtirokchilarga tibbiyot sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar, mehnat sharoitlarini yaxshilash, yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, sohadagi muammolar va takliflarini erkin bayon etish imkoniga ega bo‘ldilar.
Tadbir yakunida samarali mehnat olib borayotgan bir kator yoshlar Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.








Spelling error report
The following text will be sent to our editors: