Navro‘z bayrami munosabati bilan sport musobaqasi o‘tkazildi

“Navro‘z” bayrami munosabati bilan joriy yilning 18 mart kuni O‘zbekiston davlat muasasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Kengashi tassarrufidagi boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlari xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Ishtirokchilar o‘zlarining sportga bo‘lgan qiziqishlarini, mahoratlarini namoyish etdilar.

O‘tkazilgan musobaqa g’oliblariga O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Kengashi raisi D.Qutlыmuratova tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alari topshirildi.