Kengash va Ijroiya qo‘mita yig’ilishlari o‘tkazildi

Joriy yilning 24 dekabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashining Kengash va Ijroiya qo‘mitasi majlislari bo‘lib o‘tdi.

Yig’ilishni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi U.Jalmenov olib bordi. Unda Qoraqalpog’iston Kengashi rahbariyati, apparat xodimlari, Kengash va Ijroiya qo‘mitasi a’zolari hamda tarmoq mas’ul tashkilotchilar, Respublika Kengashlari, birlashgan qo‘mita, tarmoq shahar (tuman) kengashlari, asosiy ishidan ozod etilgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raislari ishtirok etdilar.

Majlis davomida kun tartibiga kiritilgan bir qancha muhim masalalar, jumladan tizim faoliyatini takomillashtirish, xodimlarning ijtimoiy‑iqtisodiy himoyasini kuchaytirish va kelgusidagi vazifalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.