Sud qarori bajarildi

O‘zbekiston Sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘yicha mehnat inspektorlarining 2024 yildagi o‘rganish rejasiga muvofiq Turtkul tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan olib borilayotgan ishlarni jamoatchilik asosida o‘rganildi.

Turtkul tumani tibbiyot birlashmasiga 2024 yil 31 iyulda ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatma orqali ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish talabi qo‘yildi. Ammo, ish beruvchi mablag’ ajratilmayabdi degan bahona bilan yozma ko‘rsatma talabini bajarmadi. Natijada Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘yicha mehnat-texnik inspektori P.Abdiyazov tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudiga 2025 yil iyul oyida da’vo ariza kiritilib, da’vo qanoatlantirildi. Ushbu sud qarori asosida Turtkul tumani tibbiyot birlashmasi 104 mln sumga 104 ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazdi.