Bugungi kunda xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda kasaba uyushmalari muhim ijtimoiy institut sifatida faoliyat yuritmoqda. Ayniqsa, jamoa shartnomalarining amaliy hayotdagi o‘rni va samarasi ortib borayotgani ayni haqiqat.
Shu maqsadda, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Kasaba uyushmasi faoliyatida jamoa shartnomalarining o‘rni, mehnat muhofazasi va xavfsizlik masalalari” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi E.Seytnazarov ochib berdi. Unda, O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Sh.Javlonov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federaciyasining Qoraqalpog’iston Kengashining tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri G.Ilmuradova, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federaciyasining Qoraqalpog’iston Kengashining mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri P.Toremuratov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federaciyasining Qoraqalpog’iston Kengashining texnik inspektori B.Utepbergenov, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialning yoshlar masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari X.Abdijaliyev va tuman (shahar) kengashi raislari bilan birgalikta yangi saylangan boshlang’ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislari ham ishtirok etdi.
Seminarda kasaba uyushmalari ishini tashkil etish, xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash va mehnat muhofazasi borasida muhim ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, filial boshlang’ich kasaba uyushmasi raisi G.Kazaxbaeva o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashib, hujjatlarni ko‘rsatdi. Tadbir ishtirokchilar uchun foydali va amaliy jihatdan samarali bo‘ldi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: