Prezidentimizning tashabbuslari bilan mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan e’tibori natijasida fuqarolar yurtimizning tarixiy, madaniy va diqqatga sazovor joylar bilan yaqindan tanishish imkoniyatlariga ega bo‘lmoqda.
Jumladan, «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida ishchi xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida kasaba uyushmalari tomonidan o‘z hududlaridagi diqqatga sazovor joylarga 7799 nafar hamda tarixiy shaharlariga 7279 nafar, jami 15078 nafar xodimlar va ular oila a’zolarining sayoxatlari uyushtirildi.
Shu qatorda, yaqinda o‘z faoliyatini boshlagan Taxtako‘pir tumanida joylashgan «Qaratereng» etno-turistik kompleksiga ham bir qator ishchi xodimlarning sayohati tashkil etilib, ko‘lning tabiatidan va hududning havosidan shuningdek, kompleksda yaratilgan barcha sharoitlar bilan yaqindan tanishib, mazmunli dam oldirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: