Shu yilning 21-22-noyabr kunlari, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi majlislar zalida O’zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tashabbusi bilan Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Respublikasi tizimidagi shahar va tuman kengash raislari, boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitalari raislari uchun seminar bo’lib o’tdi.
Unda, O’zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Ijtimoiy himoya masalalari bo’limi rahbari Begimqulova Shoxida Bazarbaevna va Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha mas’ul tashkilotchisi Seytnazarov Erg’ali Erjanovich qatnashdi.
Seminar davomida, jamoa shartnomaning 2023 yilda amalga oshirilgan tadbirlari sarhisobi hamda 2024-2026 yillar uchun mo’ljallangan jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash va tuzish bo’yicha muzokaralar olib borish, ijtimoiy himoya, jumladan jamoa kelishuvlari hamda shartnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish bo’yicha tushintirildi va seminar yakunida fikr almashildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: