O’zbekiston kasaba uyushmalari tomonidan aholining yordamga muhtoj qatlamlarini, imkoniyatlari cheklangan shaxslarni, ayniqsa, o’zgalar ko’magiga muhtoj yolg’iz keksalarni manzilli ijtimoiy muhofazasini ko’chaytirish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
11-noyabr – O’zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan 2023 jыl 2-10 noyabr kunlari oralig’ida «Yangi haet uchun, Yangi O’zbekiston uchun!» g’oyasini mujassam etgan muruvvat tadbirlari o’tkazilmoqda.
Joriy yilning 10 noyabr kuni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisining Yoshlar masalalari bo’yicha maslahatchisi N.Aliev, Tashkiliy ishlar bo’limi mudiri G.Ilmuradova faollari bilan Nukus shahrida joylashgan ayollar uchun va Chimboy tumanida joylashgan erkaklar uchun “Muruvvat uyi”dan xabar olindi.
Tadbirda ushbu uyda yashovchilarning xol ahvoli, yashash tarzi shuningdek, yashovchilarining hunarmandchiligi va boshqa ko’rgazmalari bilan yaqindan tanishib ular bilan suhbatlashdi hamda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan sovg’alar berildi.
Shu kabi tadbirlar O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasaruffidagi tashkilotlar tomonidan O’zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida tashkil etilmoqda.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: