Vazifalar belgilab olindi

7-sentyabr kuni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi majlislar zalida Senator, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o’rinbosari U.A.Jalmenov  raxbarligida Qoraqalpog’iston Respublikasini jinoyatchilik va ishsizlikdan holi hududga aylantirish hamda «Ayollar daftari» tizimining 4-bosqich ijrosi yuzasidan yig’ilish bo’lib o’tdi. Majlisga kasaba uyushmalari Respublika kengashlari rais o’rinbosarlari B.F.Sultonov, S.S.To’xtaev, Qoraqalpog’iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo’mitasi raisi M.X.Axmedova va tegishli vazirlik va idoralarning raxbar, hodimlari ishtirok etti.

Yig’ilishda so’zga chiqganlar Qoraqalpog’iston Respublikasini jinoyatchilikdan va ishsizlikdan holi hududga aylantirish hamda «Ayollar daftari» tizimining 4-bosqich ijrosini ta’minlash bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan Respublika, tuman hamda shahar shtabi a’zolariga tushuntirish va ko’rsatmalar berib, vazifalar belgilab olindi.