Kasaba uyushmalari o’z faoliyati davomida yurtimizda demokratik islohatlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati rivojlanishi bo’yicha amalga oshirilayotgan islohatlar mazmun-mohiyatiga mos ravishda tashkillashtirish, ijtimoiy sherikchilik printsiplariga asoslangan uch tomonlama suhbatlar o’tkazish orqali jamoat kelishuvlarini qabul qilish ishlarini olib bormoqda.
Bugingi kunda Qoraqalpog’iston Kengashiga a’zo 1984 boshlang’ish kasaba uyushmalari tashkilotlarida 314 mingdan ortiq kasaba uyushmasi a’zolari 12ta tarmoqda mehnat qilib kelmoqda.
24 kasaba uyushmasi qo’mitasi raislari asosiy ish joyidan ozod etilgan bo’lsa, 1960 kasaba uyushmasi qo’mitasi raislari jamoatchilik asosda mehnatkashlarining manfaatlarini himoya qilishda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Kasaba uyushmalarining asosi bo’lgan boshlang’ich tashkilotlarga e’tibor qaratish, ularning ishlarini takomillashtirish kasaba uyushmalari organlarining eng muhim vazifalaridan biri bo’lganligidan, bugungi kunda asosiy e’tibor boshlang’ich tashkilotlardagi har bir xodimning ijtimoiy himoyadan chetda qolmasligi, mulkchilik shaklidan kat’iy nazar, barcha korxona, tashkilot va muassasalarda boshlang’ich tashkilotlarning tuzilishi va jamoa shartnomalarining imzolanishi, ularning ijrosi bo’yicha mehnat jamoasi oldida har yilda kamida bir marotaba hisobot berib borishini ta’minlash masalalariga qaratilib kelinmoqda.
An’anaga aylanayotgan ko’rik tanlov tadbirlari davom etmoqda
Har ikki yilda bir marotaba o’tkazilishi belgilangan «Eng namunaviy boshlang’ich tashkilot» ko’rik-tanlovining tarmoqlar bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichida ishtirok etgan va ishlari namunali tarzda yo’lga ko’yilgan boshlang’ich tashkilotlar faoliyatini keng targ’ib qilish, joylardagi boshlang’ich tashkilotlarning ishlari natijadorligini oshirish, kasaba uyushmalari oldida turgan vazifalarini va kelgusidagi rejalarni belgilash hamda o’z-aro tajriba almashishni yo’lga qo’yish maqsadida tashkillashtirilmoqda.
Bugungi o’tkazilayotgan tadbirda, Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichida g’olib bo’lgan a’zolari 100 nafargacha va a’zolari 100 nafardan ortiq bo’lgan boshlang’ich tashkilotlar o’z-aro bellashuvida ishlarini namayon etuvchi (korxona, tashkilotda imzolangan jamoa shartnomalarining nusxalari, kasaba uyushma qo’mitasi hujjatlari va v.h) va boshqa ko’rgazma qurollaridan keng foydalangan holda o’zlari amalga oshirgan ishlarini multimedia, fotolar, bannerlar va videoroliklar tarzida ko’rsatdi.
Asosiy yig’ilishdan so’ng tanlovning Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichida 1-,2-,3-o’rin g’oliblari Kengashning 1,2,3-darajali diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Hududiy yakunlovchi tadbirda faol ishtirok etgan boshlang’ich tashkilotlar «Eng chiroyli ko’rgazma tashkil qilgan boshlang’ich tashkilot» nominatsiyasi bo’yicha Qo’ng’irot tumani tibbiyot birlashmasi boshlang’ich kasaba uyushma tashkiloti va «Ishlarini eng yaxshi ko’rsata olgan boshlang’ich tashkilot» nominatsiyasi bo’yicha esa “KARAKALPAK SEMENT” mas’uliyati cheklangan jamiyati boshlang’ich kasaba uyushma tashkiloti esdalik uchun diplom va qimmat baho sovg’alari bilan taqdirlandi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: