Ёз мавсумида болалар дам олиш оромгоҳларида

Joriy yilgi yoz mavsumida Respublikamiz hududidagi 11 ta statsionar turdagi bolalar dam olish oromgohlarida jami 7698 nafar bola sog’lomlashtirilishi rejalashtirilib, shundan: 6 ta oromgohda 5788 nafar bola (Oilaviy bolalar uylaridagi hamde kam tamiynlangan, boquvchisini yo’qotgan oilalarning 3000 nafar farzandlari, kasaba uyushmalari hisobidan 2788 nafar bola) shuningdek, mahalliy hokimliklar, xo’jalik organlari hamda homiylar hisobidan 5 ta o’quv muassasalarning bazasida tashkillashtiriladigan oromgohlarda 1910 nafar bolalarni sog’lomlashtirish rejalashtirilgan.

Statsionar turdagi oromgohlar xamda madeniyat va sport sag’lomlashtirish maydonchalarida 24448 nafar bola dam oldiriladi, bu respublikamiz maktablaridagi 7-14 yoshdagi o’quvchi bolalar sonining 8,6 foyizini tashkil etadi.

Har yilgi an’anaga ko’ra, bolalarni sog’lomlashtirish mavsumiga  2 iyun kunidan start berildi  va  11 ta statsionar turdagi hamda 69 ta sog’lomlashtirish maydonchalarida bolalar dam olishi boshlangan.

Bugungi kunda mәo’simning 1-3 mavsumlarda 11 ta statsionar turdagi oromgohlarda jami 5481 nafar (shundan Oilaviy bolalar uylaridagi hamde kam tamiynlangan, boquvchisini yo’qotgan oilalarning 1393 nafar farzandlari) bolalar sag’lomlashtirildi.

Shu bilan birga, shahar-tumanlarda faoliyat yuritayotgan 69 ta sog’lomlashtirish maydonchalarida jami 13400 nafar bolalar sog’lomlashtirildi.

Oromgohlarda ta’lim-tarbiya, tibbiy xizmat ko’rsatish, bolalar xavfsizligini ta’minlashni tashkillashtirish bo’yicha  oromgohlarga tajribali pedagog, tibbiyot, SES xodimlari, Ichki ishlar, favqulotda vaziyatlar va Milliy gvardiya xodimlari biriktirildi.

Oromgohlarga hududiga boshqa shaxslar, ota-onalarning hamda turli transportlarning kirishi taqiqlangan, shu bilan birga, oromgohlarda bolalarni ovqatlandirish bo’yicha autsorsing xizmati joriy etilib, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda Bolalarning dam olishini va sog’lomlashtirilishini tashkil etish departamenti bilan birgalikda bolalarning sog’lom ovqatlantirish bo’yicha namunali menyular ishlab chiqilib, oromgohlarda kuniga 5 mahal ovqat beriladi (ertalabki nonishta, tushlik, ikkinchi tushlik, kechki ovqat, ikkinchi kechki ovqat).

Bolalar dam olish oromgohlariga xar bir hududdan bolalarning xavfsizligi ta’minlangan holda maxsus avtotransportlarda kelib-ketishlari yo’lga qo’yildi.

Mavsumning 5-navbati joriy yilning 28 iyul kunidan boshlab, 8 ta statsionar turdagi oromgohlarga jami 1165 nafar bola (shundan kam tamiynlangan, boquvchisini yo’qotgan oilalarning 775 nafar farzandlari) qabul qilinadi.