12-may- Xalqaro hamshiralar kuni» munosabati bilan bayram tadbirlari o’tkazildi

Shu yilning 5-may kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy bolalar reabilitatsiya markazida Qoraqalpog’itson Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi, O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi kengashi hamda O’zbekiston Hamshiralar Assotsiatsiyasi Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’limi bilan hamkorlikda «12-may Xalqaro hamshiralar kuni» munosabati bilan bayram tadbiri o’tkazildi.

Bayram tadbirida sohasida faol mehnat qilayotgan, o’z kasbining fidoiyilari bo’lgan 5 nafar o’rta tibbiyot xodimlariga  O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan tayorlangan Fahriy Yorliq va qimmat baho sovg’alari topshirildi.

Bundan tashqari, tadbirda «12-may Xalqaro hamshiralar kuni» bayrami munosabati bilan o’rta tibbiyot xodimlari o’rtasida o’tkazilgan “Yilning eng yaxshi o’rta tibbiyot va farmatsevtika xodimi” ko’rik-tanlovining Respublika bosqichining nominatsiyalar bo’yicha 1-o’rin g’olimblari Qoraqalpog’iston sog’liqni saqlash vazirligi bilan O’zbekstan sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi kengashining hamkorlikdagi tegishli darajadagi diplom va qimmat baho sovg’alari, shuningdek Respublika bosqichining nominatsiyalar bo’yicha 2-3-o’rin g’olimblari O’zbekiston Hamshiralar Assotsiatsiyasi Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’limi tomonidan diplom va qimmat baho sovg’alari bilan taqdirlandi.