O’zbekiston Respublikasida keyingi besh yilda imkoniyati cheklangan shaxslar, shuningdek, ko’zi ojiz fuqarolarni manzilli ijtimoiy muhofaza qilish, ularga ijtimoiy yordamlar ko’rsatish hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 5 apreldagi 65 son bayonnomasi qarori bilan «O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyati tashkil topganining 90 yilligini o’tkazish va ko’zi ojiz fuqarolarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha chora-tadbirlar rejasi»ga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasida ushbu sanani munosib nishonlash, ko’zi ojizlar jamiyati, uning tasarrufidagi korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan shaxslarni qo’llab-quvvatlash maqsadida 2022 yil 24 iyun kuni Qoraqalpog’iston davlat yosh tomoshabinlar teatrida O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyatining 90 yilligi va O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyati Qoraqalpog’iston bo’limining 85 yilligiga bag’ishlangan madaniy kecha bo’lib o’tdi.
Madaniy kechada O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi, Senator U.Jalmenov qatnashib O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyatining 90 yilligi va O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyati Qoraqalpog’iston bo’limining 85 yilligi bilan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Raisining nomidan hamda Qoraqalpog’iston Kengashi jamoasi nomidan barchani chin qalbdan tabrikladi.
Shuningdek, O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyati Qoraqalpog’iston bo’limining 85 yilligi munosabati bilan sohada uzoq yillardan buyon natijali mehnat qilayotgan fidoiy xodimlar O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashining «Faxriy Yorlig’i» va pul mukofati bilan taqdirlandi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: