«Kasaba uyushmalari kuni”ga bag’ishlangan sport musobaqalari

“Qoraqalpog‘iston hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan “11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuni” bayrami doirasida mini futbol bo‘yicha “Qoraqalpog‘iston hududiy elektr tarmoqlari korxonasi kubogi” sport musobaqalari tashkil etildi.

Musobaqa 4 bosqichda bo‘lib, final bosqichi Nukus sport majmuasi maydonida bo‘lib o‘tdi.

Birinchi o‘rinni Yuqori kuchlanish tarmoqlari xizmati jamoasi, ikkinchi o‘rinni “Podstansiyalar xizmati” jamoasi, uchinchi o‘rinni “Qoraqalpog‘iston hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Qanliqo‘l tumani filiali jamoalari egalladi.

G‘oliblar korxona kasaba uyushma qo‘mitasining diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.