MARKAZIY OSIYO YANGI DAVR OSTONASIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 13-noyabrdagi “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” sarlavhali maqolasining chop etilishi mintaqaning siyosiy, iqtisodiy va gumanitar rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berdi.

Ushbu muhim hujjatda ilgari surilgan g’oyalarning mazmun-mohiyatini xodimlarga etkazish maqsadida shuningdek, 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yillik bayramiga bag’ishlab joriy yilning 4 dekabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan «Ma’rifat soati»i tashkil etildi.

Tadbirda, barcha kasaba uyushma xodimlari, faollar hamda Qoraqalpoq davlat universiteti professor va o‘qituvchilari ishtirok etdi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi Ulыqbek Jalmenov hamda Qoraqalpoq davlat universitetining Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori Orazbaev Arslan va Yuridik fanlar nomzodi, dotsent Kabulov Xojabaylar tomonidan ishtirokchilarga maqolaning asosiy g’oya va mazmun-mohiyati hamda barcha mexnat jamoalarida ushbu maqola mazmun-mohiyatini xodimlarga etkazish shuningdek, Mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch-farovon hayoti, fuqarolarning huquq va manfaatlarining mustahkam kafolati bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini asosiy qonunimizda belgilangan xalq hokimiyati, inson qadri, erkinlik va tenglik, hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.