Davlat organlari va tashkilotlarida genderga oid audit o‘tkazish metodikasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining 2025 yil 20 avgustdagi 1-12 Ijroiya qo‘mitasi qarori hamda «Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g’risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi 809-sonli Qonuni bilan genderga oid audit o‘tkazish bo‘yicha joriy yilning 13 oktyabr kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida auditorlar guruhi a’zolari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminarda Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Kengashi raisi D.Qutlimuratova va Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ishlash xizmati boshlig’ining o‘rinbosari A.Majidov hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Kengashi mehnat huquq inspektori M.Purxanovlar tomonidan yangi namunadagi «Davlat organlari va tashkilotlarida genderga oid audit o‘tkazish metodikasi»ning mazmun-mohiyati keng tarzda yoritib berildi.