“KASABA UYuShMASI KUBOGI” sport musobaqalarning Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi

Nukus shahri 2-sonli sport maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘rtasida “Sog’lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida “Kasaba uyushmasi kubogi” sport musobaqalarning Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi, Qoraqalpog’iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan qo‘shma qaror asosida “Sog’lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida “Kasaba uyushmasi kubogi” sport musobaqalarining Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi Nukus shahri 2-sonli sport maktabi, Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayorlash markazi hamda yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmalarida bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasichning Qoraqalpog’iston Kengashi raisi o‘rinbosari M.Daniyarov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Sport vaziri A.Allanazarov, Qoraqalpog’iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, hamda O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasi vakillari, shuningdek, tarmoq kasaba uyushmalari Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi raislari, ma’sul tashkilotchilar hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi hamda musobaqa ishtirokchilariga muvoffaqiyatlar tiladi. Musobaqada sportning mini-futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi va voleybol turlari bo‘yicha o‘qituvchi va murabbiylar o‘zaro kuch sinashdi. Mazkur musobaqaning quyi bosqichlarida 15 ming 078 nafardan ortiq ta’lim muassasalarining xodimlari ishtirok etdi.

Kun davomida sport musobaqalari qizg’in davom etib tajribali hakamlar hay’ati tomonidan g’olib jamoalar aniqlandi.

Bunda:

Sportning STOL TENNISI turi bo‘yicha Ayollar o‘rtasida 3-o‘rinni Bobojonova E’tibor Amudaryo tumani, 2-o‘rinni Satimova Gulxumar Nukus shahri, 1-o‘rinni Xudaybergenova Yulduz Taxiatosh tumani, hamda Erkaklar o‘rtasida 3-o‘rinni Qilishbaev Nurlibay Mo‘ynoq tumani, 2-o‘rinni Yuldashev Doniyor Amudaryo tumani, 1-o‘rinni Ellikqal’a tumanidan Qurbanov Ixtiyor egalladi.

Navbatdagi ShAXMAT turi bo‘yicha Ayollar o‘rtasida 3-o‘rinni Xamidullaeva Jamila Qorao‘zak tumani, 2-o‘rinni Abdijamilova Gulnaz Xo‘jayli tumani, 1-o‘rinni Bekmuratova Gulsauir Chimboy tumani, Erkaklar o‘rtasida 3-o‘rinni Tureyev Baxadir Qo‘ng’irot tumani, 2-o‘rinni Dilimbetov Salamat Nukus shahri, 1-o‘rinni Taxiatosh tumanidan Qaypanov Rustem egalladi.

Sportning ShAShKA turi bo‘yicha Ayollar o‘rtasida 3-o‘rinni Mamutova Guljaxan Nukus shahri, 2-o‘rinni Tanыrbergenova Alima Qorao‘zak tumani, 1-o‘rinni Qo‘ng’irot tumanidan Urazbaeva Dilfuza, Erkaklar o‘rtasida 3-o‘rinni Abdiganiev Rustem Chimboy tumani, 2-o‘rinni Eshimbetov Amin Amudaryo tumani, 1-o‘rinni Qo‘ng’irot tumanidan Abdireymov Baxadirlar egalladi.

Sportning VOLEYBOL turi bo‘yicha 3-o‘rinni Taxtako‘pir tuman jamoasi, 2-o‘rinni Beruniy tuman jamoasi, 1-o‘rinni Nukus shahar jamoalari g’olib deb topildi

“Sog’lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida “Kasaba uyushmasi kubogi” sport musobaqalarning Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichida jamoaviy hisobda Nukus shahari jamoasi g’olib deb aniqlandi.

Jamoaviy hisobda g’olib bo‘lgan Nukus shahar jamoasiga “Kasaba uyushmasi kubogi” hamda 30 million so‘m pul mukofoti topshirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan turli nominatsiyalar bo‘yicha hamda g’olib jamoaga diplom hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Sport vazirligining qimmatbaho sovg’alari ham topshirildi.