Ma’lumki Respublika bo‘ycha “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasa (maktab)lari xodimlari ortasida “Sog’lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning 67-moddasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, jismoniy tarbiya va sport tadbirlariga keng jalb qilish, ular o‘rtasida musobaqalar tashkil qilish, sport infratuzilmasini yaxshilash va zarur sport inventarlari bilan jixozlash, xodimlarning jismoniy faollik darajasini oshirish, ta’lim muassasalaridagi sport sektsiyalari va to‘garaklari faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish, o‘qituvchilarning bo‘sh vaqtlarida sport bilan shug’ullanish uchun sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining qo‘shma qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan Qoraqalpog’iston Respublikasida hәm sport musobaqalari davom etmoqda.
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman(shahar) bo‘linma kengashilari va mas’ul tashkilotlar hamkorligida “Sog’lom tanada-sifatli ta’lim” shiori ostida ta’lim muassasa (maktab)lari xodimlari o‘rtasida sportning futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka turlari bo‘yicha sektorlar va tuman(shahar) bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bunda Qoraqalpog’iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi 688 ta ta’lim muassasa(maktab)larida 19366 nafardan ortiq xodimlarining ishtiroki ta’minlanib, g’oliblar O‘zbekiston kasaba uyushmalari tomonidon diplom va sovg’alar bilan taqdirlandi. Har bir sport turi boyicha 1-o‘rinni egallagan g’olib (jamoa)lar keyingi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning keyingi bosqichlari tuman(shahar)larda davom etmoqda.







Spelling error report
The following text will be sent to our editors: