Qoraqalpog’iston Respublikasi Prokuraturasi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan1 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.02.2005 yilgi “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli etkazilgan zararni to‘lash qoidalarini tasdiqlash to‘g’risida”gi 60-sonli qarori talablari ijrosi o‘rganilib, Qoraqalpog’iston Respublikasi xududida faoliyat olib borayotgan korxona, tashkilot va muassosalarda mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda jarohat olgan jami 216 nafar mehnat nogironlarining zarar to‘lovlari bo‘yicha to‘plangan hujjatlari o‘rganb chiqildi.
Korxonalarda ishlab chiqarish bilan bog’liq baxtsiz hodisalarga uchrab, hozirgi kunda mehnat nogironi bo‘lib qolgan jami 216 nafar hodim mavjud bo‘lib, ushbu hodimlar bilan yuz bergan baxstsiz hodisalar yuzasidan N-1 shaklida dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Baxtsiz xodisalar oqibatida fuqarolarga Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan (TMEK) foizlarda mehnat qobiliyati yo‘qotilganligi to‘g’risida xulosalar berilgan bo‘lsada, jami 30 ta hodimga ish beruvchi tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik zarar to‘lovlari to‘lanmasdan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.02.2005 yilgi 60-sonli qarori talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan.
Ushbu qarorning 59-bandida “zarar uchun javobgar bo‘lgan ish beruvchining aybi bilan o‘z vaqtida olinmagan zararni qoplash summasi biron-bir muddat bilan chegaralanmagan holda o‘tgan davr uchun to‘lanadi” deb belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 324-moddasiga asosan, xodimning sog’lig’iga ziyon etkazilganligi munosabati bilan yo‘qotilgan ish haqining o‘rnini qoplash uchun amalga oshiriladigan oylik to‘lovlar miqdori mehnatda mayib bo‘lgan jabrlanganlarga – nogironligi bo‘lgan shaxslarga etkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash summasi qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ellik foizidan kam bo‘lmasligi belgilab qo‘yilgan.
Olib borilgan o‘rganish ishlari yakunida korxona, tashkilot hәmda muassasalar tomonidan 30 ta fuqaroga jami 794 919 131 (etti yuz to‘qson to‘rt million to‘qqiz yuz o‘n to‘qqiz ming bir yuz o‘ttiz bir) so‘m miqdorida zarar to‘lovlari to‘lanmaganligi aniqlandi.
Ushbu hodisalarda javobgar bo‘lgan ish beruvchilardan fuqarolarning foydasiga shu kunga qadar to‘lanmay kelayotgan zarar to‘lovlarini undirish, kelgusida har oy uchun mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ellik foizidan kam bo‘lmagan miqdorida zarar to‘lovlarini to‘lab borilishini hamda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining oshirilgan summasiga mutanosib ravishda ushbu zarar to‘lovlari ko‘paytirilib borilishi bo‘yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi xududidagi tumanlararo fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlariga davo arizalar kiritildi.
Shuningdek, 2024 yilning 3 oyi davomida (o‘tgan davrlar uchun) ishlab chiqarish bilan bog’liq baxtsiz hodisaga uchrab, yuz bergan baxtsiz hodisalar oqibatida mehnat qilish qobiliyatini yo‘qotganligi hamda boquvchisini yo‘qotganligi uchun ularning oila a’zolariga to‘lanishi lozim bo‘lgan zarar to‘lovlarini undirish bo‘yicha O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga davo arizalar kiritilib, ushbu davo arizalarning yakunidagi sud qarorlari bilan – xodimlarning va ularning oila a’zolariga jami 707 774 254 (ettii yuz etti million etti yuz etmish to‘rt ming ikki ellik to‘rt) so‘m miqdorida zarar to‘lovlari undirib berildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: