2023 yil 5-aprel kuni Nukus shahri 1-sonli sport maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ta’lim muassasalari o’qituvchilari o’rtasida “Sog’lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida “Kasaba uyushmasi kubogi” sport musobaqalarning Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi o’tkazildi.
O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi, Qoraqalpog’iston Respublikasi xalq ta’lim vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Qoraqalpog’iston teleradiokompaniyasi tomonidan tasdiqlangan qo’shma qaror asosida “Sog’lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida “Kasaba uyushmasi kubogi” sport musobaqalarning Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi Nukus shahri 1-sonli sport maktabi, Engil atletika va o’yin turlari bo’yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayorlash markazi hamda Nukus shahri 2-sonli sport maktablarida bo’lib o’tdi.
Musobaqada O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasichning Qoraqalpog’iston Kengashi raisi, Senator U.Jalmenov, Qoraqalpog’iston Respublikasi xalq ta’lim vaziri A.Narыmbetov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri A.Allanazarov hamda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasichning Qoraqalpog’iston Kengashi raisi o’rinbosari M.Daniyarov, tarmoq kasaba uyushmalari Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi raislari, ma’sul tashkilotchilar hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi hamda musobaqa ishtirokchilariga muvoffaqiyatlar tiladi. Musobaqada sportning mini-futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi va voleybol turlari bo’yicha o’qituvchi va murabbiylar o’zaro kuch sinashdi. Mazkur musobaqaning quyi bosqichlarida 16 ming 559 nafardan ortiq ta’lim muassasalarining xodimlari ishtirok etdi.
Kun davomida sport musobaqalari qizg’in davom etib tajribali hakamlar hay’ati tomonidan g’olib jamoalar aniqlandi.
Bunda:
Sportning STOL TENNISI turi bo’yicha Ayollar o’rtasida 3-o’rinni Amudaryo tumani Babajanova E’tibor Yunusovna, 2-o’rinni Sho’manay tumani Tilemisova Ayzada Sultamuratovna, 1-o’rinni Taxiatosh tumani Xudaybergenova Yulduz Gaypnazar qizi hamda Erkaklar o’rtasida 3-o’rinni Qo’ng’irot tumani Jumamuratov Rustem Djalgasbaevich, 2-o’rinni Chimboy tumani Bekturganov Berdimurat Jumabekovich, 1-o’rinni Ellikqal’a tumani Kurbanov Ixtiyor Ataxanovichlar egalladi.
Navbatdagi ShAXMAT turi bo’yicha Ayollar o’rtasida 3-o’rinni Qo’ng’irot tumani Xojalieva Bayan Jaksilikovna, 2-o’rinni Amudaryo tumani Urazmetova Dilbar Yusuf qizi, 1-o’rinni Chimboy tumani Bekmuratova Gulsauir Djalgasbaevna, Erkaklar o’rtasida 3-o’rinni Taxiatosh tumani Kaypanov Rustem Perdebay ulы, 2-o’rinni Kegeyli tumani Ayimbetov Ilxam Jumambetovich, 1-o’rinni Nukus shahri Seytnazarov Polat Tursinbaevichlar egalladi.
Sportning ShAShKA turi bo’yicha Ayollar o’rtasida 3-o’rinni Nukus shahri Tolepova Sapargul Daribaevna, 2-o’rinni Kegeyli tumani Koshpanova Ilmira Yakipbaevna, 1-o’rinni Xo’jayli tumani Saparova Gulchexra Yuldashevna, Erler o’rtasida 3-o’rinni Beruniy tumani Xudanov Yangibay Karimovich, 2-o’rinni Chimboy tumani Reymov Ajiniyaz Kenesbaevich, 1-o’rinni Qorao’zak tumani Tajimuratov Dauletali Xamidullaevichlar egalladi.
Sportning VOLEYBOL turi bo’yicha 3-o’rinni Qorao’zak tumani jamoasi, 2-o’rinni Beruniy tumani jamoasi, 1-o’rinni Taxtako’pir tumani jamoalari, shu bilan birga, Sportning MINI-FUTBOL turi bo’yicha 3-o’rinni To’rtko’l tumani jamoasi, 2-o’rinni Nukus shahar jamoasi, 1-o’rinni Xo’jayli tumani jamoalari g’olib deb topildi
“Sog’lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida “Kasaba uyushmasi kubogi” sport musobaqalarning Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichida jamoaviy hisobda Qo’ng’irot tumani g’olib deb aniqlandi.
Jamoaviy hisobda g’olib bo’lgan Qo’ng’irot tumani jamoasiga “Kasaba uyushmasi kubogi” hamda 30 million so’m pul mukofoti topshirildi.
Shuningdek, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan turli nominatsiyalar bo’yicha hamda g’olib jamoaga diplom hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining qimmatbaho sovg’alari ham topshirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: