“Соғлом танда – сифатли таълим” шиори остида Касаба уюшмаси кубоги учун спорт мусобақалари давом этмоқда

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning 67-moddasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, jismoniy tarbiya va sport tadbirlariga keng jalb qilish, ular o‘rtasida musobaqalar tashkil qilish, sport infratuzilmasini yaxshilash va zarur sport inventarlari bilan jixozlash, xodimlarning jismoniy faolligi darajasini oshirish, ta’lim muassasalaridagi sport sektsiyalari va to‘garaklari faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish, o‘qituvchilarning bo‘sh vaqtlarida sport bilan shug’ullanish uchun sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpogiston Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,  Qoraqalpog’iston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmalarining qo‘shma qarorining amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasba uyushmasi Nukus shahar bo‘linmasi kengashi ijroiya qo‘mitasi, Nukis shahar maktabi qoshidagi maktab ta’lim bo‘limi, Nukus shahar 1-sonli sport maktabi, Yoshlar ishlari agentligi Nukus shahar bo‘limi qo‘shma qarori bilan «Sog’lom tanada-sifatli bilim» shiori ostida Nukus shahar o‘rta ta’lim muassasalarida futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat, soch turlari bo‘yicha 1-sektor 38-maktab, 2-sektor 21-maktab, 3-sektor 32-maktab, 4-sektor 6-maktablarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning 10 aprel kuni shaxmat, shashka va stol tennisi bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada yakunida eng yaxshi harakat qilgan sportchilar yuqori o‘rinlarga ega bo‘ladi. Har bir sektordan yuqori natijaga ko‘rsatib, 1-o‘rinni egallagan ishtirokchilar musobaqaning shahar 2-bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Besh tashabbus olimpiadasi bo‘yicha musobaqalarning qolgan turlari bo‘yicha sport musobaqalari keyingi kunlarda reja asosida tashkil etiladi.