8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti sport maydonida xotin-qizlar o’rtasida sportning voleybol turi bo’yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqa o’tkazishdan maqsad, sportning ommoviyligiga erishish, xotin-qizlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishdan iborat. Insondan chaqqonlik va epchillikni talab etadigan sport turi bo’lgan voleybol musobaqasi yakuni bo’yicha 1 o’rin Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti jamoasi, 2 o’rin O’zLiDeP Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi jamoasi va 3 o’rin Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalari instituti jamaolariga nasib etdi. Musobaqa g’oliblariga O’zLiDeP Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi boshlang’ich kasaba uyushmasi tamonidan tayorlangan sovg’alar topshirildi.
O'xshash yangiliklar
Jamoa shartnomalarining bajarilishi bo‘yicha hisobotlar berilmoqda
03.02.2024 13:07:23
3151
AYOLLARI QADR TOPGAN YURT
07.03.2024 09:34:12
3203
XALQ MANFAATI YO‘LIDA
25.01.2024 14:53:33
4209
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: