Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Kengashi raisi U. Jalmenovning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan «Yangi O‘zbekiston — yangi kasaba uyushmalari» shiori ostida tashkil etilgan uchrashuvda 100 nafar yosh xodim va talaba ishtirok etdi.
Ochiq muloqot davomida yoshlarning orzu-intilishlari, tashabbuslari va kelajakka bo‘lgan rejalari tinglandi. Yoshlarning mehnat faoliyati, kasbiy rivojlanishi, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvning eng quvonchli lahzalarida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning mehnat hamda ta’limdagi intilishlarini rag’batlantirish maqsadida kasaba uyushmasi stipendiyasi va bepul sanatoriy yo‘llanmasi sertifikati topshirildi.
Jumladan, Nukus davlat pedagogika institutining 4-bosqich talabasi Qыzыlbaeva Kumisay Saparbay qыzы kasaba uyushmasi stipendiyasiga sazovor bo‘ldi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Madreymov Munirbekka esa kasaba uyushmasi mablag’lari hisobidan bepul sanatoriy yo‘llanmasi sertifikati topshirildi.
Shuningdek, o‘zining faolligi, tashabbuskorligi va mehnatsevarligi bilan jamoada hurmat qozongan bir guruh yoshlar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Mazkur e’tiroflar yoshlar uchun nafaqat moddiy rag’bat, balki ularning mehnati, intilishi va kelajakka bo‘lgan ishonchiga bildirilgan yuksak e’tibor ifodasi bo‘ldi.
Uchrashuv yoshlar va kasaba uyushmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, yangi g’oya va tashabbuslarga keng yo‘l ochish hamda yosh avlodni munosib mehnat va ijtimoiy himoya ruhida qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.







Spelling error report
The following text will be sent to our editors: