Ko‘rik-tanlov g’oliblari taqdirlandi

Qoraqalpog’iston Respublikasы sog’liqni saqlash vazirligi zalida 12-may – «Xalqaro hamshiralar kuni» bayrami munosabati bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi kengashi, O‘zbekiston Hamshiralar Assosatsiyasining Qoraqalpog’iston bo‘limi bilan birgalikda bayram tadbiri o‘tkazildi.

Bayram tadbirida Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vaziri M.Kurbanov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi o‘rinbosari M.Daniyarov, O‘zbekiston Hamshiralar Assosatsiyasining Qoraqalpog’iston bo‘limi boshlig’i R.Mishenovalar ishtirok etdilar. Tadbir davomida tibbiyot sohasidagi ko‘p yillik fidoyi mehnatlari uchun 5 nafar o‘rta tibbiyot xodimlariga O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Faxriy yorlig’i va baholi sovg’alari topshirildi. Shuningdek, o‘rta tibbiyot xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimi”, “Patronaj doya – ayol salomatligi tayanchi” hamda tarmoq muassasalarida hamshiralik kasbida ishlovchi xodimlarning 7-10 yoshgacha bo‘lgan farzandlari ishtirokida o‘tkazilgan “Mening onam hamshira” rasmlar tanlovlarining Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichining g’olimlari Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi bilan O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston  Respublikasi kengashining birgalikdagi tegishli darajadagi diplomlari va sovg’alari bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, “Yilning eng yaxshi o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimi” tanlovi hamda “Patronaj doya-ayol salomatligi tayanchi” ko‘rik-tanlovining g’oliblariga Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Hamshiralar Assosatsiyasining Qoraqalpog’iston bo‘limining  birgalikdagi diplom va sovg’alari topshirildi.