9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Nukus shahridagi 9-sonli umumta’lim maktabida avg’on urushi qatnashchilari hamda maktab o‘quvchilari ishtirokida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘limi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, tinchlik va osoyishtalikning qadrini anglatish, shuningdek, yurt tinchligi yo‘lida xizmat qilgan insonlarga hurmat va ehtirom tuyg’ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar maktabda tashkil etilgan Ikkinchi jahon urushi tarixi bilan bog’liq muzeyni tomosha qildi. Muzeyda urush yillariga oid tarixiy ashyolar, fotosuratlar va hujjatlar namoyish etildi. Bu esa o‘quvchilarda tarixga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
Tadbirda avg’on urushi qatnashchilari o‘z hayot yo‘li, xizmat davridagi xotiralari hamda tinchlikning ahamiyati haqida so‘zlab berdi. O‘quvchilar esa mehmonlarga o‘zlarining she’rlari, sahna ko‘rinishlari va musiqiy chiqishlarini taqdim etdi.








Spelling error report
The following text will be sent to our editors: