Jamoa shartnomasining ijrosi ko‘rib chiqildi

2026 yil 11 mart kuni Respublika ixtisoslashtirilgan ruxiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati bo‘yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi filialida 2024-2026 yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishi yakunlari bo‘yicha mehnat jamoasining konferentsiyasi o‘tkazildi.

Konferentsiya ishida O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Bosh mehnat huquq inspektori O.Adilov, O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi kengashi raisi L.Baybosыnova, O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘yicha mehnat-huquq inspektori D.Urazbaevlar ishtirok etdi.

Konferentsiyada jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishi hamda 2026 yil uchun jamoa shartnomasiga kiritiladigan qo‘shimcha va o‘zgarishlar haqidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi raisining ma’lumotlari, ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya dalolatnomalari tinglandi.

Xodimlarning ijtimoiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan olib borilgan ishlar natijasida jamoa shartnomasi bajarilishi bo‘yicha o‘rta hisobda har bir xodimga yil davomida 17 mln. 739 mingdan ortiq mablag’ sarflangani alohida ta’kidlab o‘tildi.

Konferentsiyada so‘zga chiquvchilar va konferentsiya ishtirokchilari tomonidan jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishi qoniqarli deb baholandi va ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya dalolatnomasi tasdiqlandi.