2025 yilning 07-noyabr kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy bolalar tibbiy reabilitatsiya markazida Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi bilan hamkorlikda «Tibbiyot xodimlari kuni» bayrami munosabati bilan tantanali kechasi o‘tkazildi.
Bayram tadbirida Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar kengashining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha kotibiyat rahbari B.Kalimbetov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston kengashi raisi U.Jalmenov, Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vaziri M.Kurbanov, O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi kengashi raisi L.Baybosыnova, O‘zbekiston shifokorlar Assotsiatsiyasi Qoraqalpog’iston bo‘limi boshlig’i S.Begaliev, tibbiyot xodimlari va tarmoq faxriylari ishtirok etdilar.
Tantanali kechada tibbiyot sohasidagi ko‘p yillik fidoyi mehnatlari uchun 6 nafar xodim O‘zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash a’lochisi, 2 nafar xodim “Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishoni, 30 nafar xodim Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.
Bayram tadbirida tibbiyot sohasidagi ko‘p yillik fidoyi mehnatlari uchun 7 nafar tibbiyot xodimlariga O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Faxriy yorlig’i va baholi sovg’alari, shuningdek, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga munosib mehnat sharoitlari yaratilishini nazorat qilishdagi samarali xizmatlari hamda mamlakatimizda kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi va 11 noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan 5 nafar kasaba uyushma faollariga O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Tashakkurnomasi va baholi sovg’alari topshirildi.
Bundan tashqari, tibbiyot sohasida samarali faoliyat yuritayotgan 52 nafar tibbiyot xodimlari Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi kengashining birgalikdagi tayyorlangan Faxriy yorliq va baholi sovg’alari bilan taqdirlandilar.
Bayram tadbirida O‘zbekiston shifokorlar Assotsiatsiyasi Qoraqalpog’iston bo‘limi tomonidan ham tibbiyot sohasining bir qator faxriylariga baholi sovg’alari topshirildi.








Spelling error report
The following text will be sent to our editors: