O‘zbekiston kasaba uyushmalari faoliyatining 120 yilligi va 11-noyabr «O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni» bayrami munosabati bilan Nukus shahar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mehnat qilayotgan xodimlar o‘rtasida «KO‘NGILLI STARTLAR» sport musobaqasi Nukus shahar 31-sonli ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi sport bazasida o‘tkazildi.
Qizg’in bahs va o‘zaro murosasiz kurashlar ostida o‘tgan musobaqa xodimlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ularning g’alabaga bo‘lgan ishtiyoqini mustahkamladi. Barcha ishtirokchilar musobaqada g’olib bo‘lish uchun mas’uliyat bilan harakat qildi.
Musobaqa yakunida g’oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa a’zolariga O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘linmasi kengashi tomonidan tayyorlangan diplom va esdalik sovg’alari topshirildi.






Spelling error report
The following text will be sent to our editors: