O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan 21-mart Navro‘z bayramiga bag’ishlab O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘linmasi tamonidan joriy yilning 25-mart kuni sportning voleybol turidan musobaqa tashkil etildi.
O‘tkazilgan sport musobaqasida Nukus shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat ko‘rasatayotgan o‘g’il bolalardan iborat komandalar ishtirok etishdi.
Musobaqa umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi xodimlarning jismoniy tayyorgarliklarini oshirish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada mustahkamlash va sog’lom turmush tarziga o‘tishni rag’batlantirish maqsadida tashkil etildi. Musobaqa ishtirokchilari o‘z mahoratlari va sportga bo‘lgan ishtiyoqini namoyish etdilar.
Tadbir yakunida g’oliblar aniqlandi:
31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi 1-o‘rinni;
28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi 2-o‘rinni;
52-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi 3-o‘rinni;
27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi 4-o‘rinni egalladilar.
Musobaqa g’oliblariga O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘linmasi tomonidan diplomlar va qimmatbaho sovg’alar topshirildi.
Shu orqali umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi xodimlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ularning jamoa ishlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: