O‘zbekiston kasaba uyushmalari 120 yoshda

O‘zbekiston kasaba uyushmalari faoliyatining 120 yilligiga bag’ishlab O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘linmasi tarkibidagi ta’lim muassasalarida tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 10 oktyabr kuni Nukus shahar 5-sonli umumiy orta ta’lim maktabi majlislar zalida da O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari faoliyatining 120 yillik tarixi, O‘zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari to‘g’risida»gi, «Pedagogning maqomi to‘g’risida»gi qonunlari, «Mehnat kodeksi» ning ahamiyati va mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida ma’naviyat darsi o‘tkazildi.

O‘tkazilgan ma’naviyat darsida maktabning o‘qituvchilari va ishchi xodimlari ishtirok etishdi.

Ma’naviyat darsi ishtirokchilariga yuqorida qayd etilgan O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yillik tarixi, qonunlarning, kodeksning mazmun-mohiyati, xodimlarning munosib mehnat sharoitida ishlashida tutgan o‘rni, bugungi kunda xodimlarga yaratilayotgan imkoniyat va qulayliklar, ularni ijtimoiy himoya qilish sohasida olib borilayotgan ishlarga keng to‘xtalib o‘tildi.

Seminar davomida O‘zbekistonda kasaba uyushmalari faoliyatining 120 yilligiga bag’ishlab tarixiy manbalarga tayangan holda tayyorlangan tarqatma materiallar ishtirokchilarga tarqatildi.

Shuningdek, ushbu maktabning huquqshunoslik asoslari fani o‘qituvchisi M.Rzamuratova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bo‘yicha keng ma’lumotlar berilib, ishtirokchilarga kodeksda qo‘shimcha kiritilgan o‘zgartirishlar haqida keng tushuncha berildi.

Ma’naviyat darsi davomida ishtirokchilar savollar berib, ozlariga tegishli ko‘p ma’lumotlar olib, ma’naviyat darsing mazmunli o‘tishida faollik ko‘rsatdi.

Shu kabi ma’naviyat darslari, o‘quv-seminarlari va uchrashuvlar shahrimizdagi boshqa ta’lim muassasalarida reja asosida davom ettirib boriladi.

Shu kunning o‘zida Nukus shahridagi 42-son o‘rta ta’lim maktabida «Uch avlod » ushrachuv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirga ko‘p yillar davomida maktabda uzoq yillar davomida samarali mehnat qilgan mehnat faxriylari B.Samaxova, K.Xudoybergenova, J.Seytmuratova, shuningdek, maktabda bugungi kunda faoliyat olib borayotgan ustoz o‘qituvchilar A.Ubbiniyozov, N.Mambetova, J.Seytmuratova va ularning yosh shogirdlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida nuroniy ustozlar o‘zlarining hayot yo‘llari haqida aytib berib, bugungi kunda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida erishilgan yutuqlar koz quvontori, hozirgi kunda yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, kelajagimiz bolgan yosh avlodni ilmli va komil insonlar tarbiyalash yolida bugungi kunda faoliyat korsatayotgan pedagoglarga, ularning yosh shogirdlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Oz navbatida maktab jamoasi nuroniy ustozlarga hamiysha ustoz bo‘lishdan charchamasliklari, o‘zlarining boy nasiyatlarini berishlari va maktab bilan yaqin aloqada bolishlariga tilakdoshlik bildirdi.

O‘tkazilgan uchrashuv mazmunli va qiziqarli suhbatlarga boy bolib, uchrashuvlarda katta ta’surot qoldirdi.