Amaliy yordam ko‘rsatildi

Shu yilning 3-4 aprel kunlari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tegishli mas’ul mutaxassislar tomonidan Ellikqal’a tumani tarmoq kengashlar va boshlang’ich kasaba uyushmalari tashkilotlarga kasaba uyushmasi ishlari ustav talablari asosida olib borish bo‘yicha amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Amaliy yordam ko‘rsatish davomida kasaba uyushmasi organlarida aniqlangan hato-kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Kengash ma’sul xodimlari tomonidan o‘quv-seminar tashkillashtirildi. O‘quv-seminarda kasaba uyushma faoliyatini tashkiliy jihatdan mustahkamlash, qo‘mitada ish yuritishni, hujjatlarni rasmiylashtirish, jamoat shartnomalarni qabul etish, bajarilishini nazorat qilish, mehnatni muhofaza qilish masalalari, murojaatlar bilan ishlash, madaniy-marifiy va sport tadbirlarini tashkillashtirish, kasaba uyushmasi byudjetining maqsadli sarflanishi to‘g’risida tushunchalar berildi.

O‘quv-seminarda, Senator, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisinig o‘rinbosari, Qoraqalpog’iston Kengashi raisi Jalmenov Ulug’bek Abыlaevich, Ellikqal’a tumani xokimining o‘rinbosari Radjabbaev Usmanbek Karamaddinovichlar ishtirok etti.

O‘quv-seminar yakunida qatnashuvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.