O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi, 1-oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘linmasi tomonidan Nukus shahar maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi bilan birgalikda Nukus shahridagi ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida sportning Badminton turi bo‘yicha joriy yilning 20-sentyabr kuni sport musobaqasi o‘tkazildi.
O‘tkazilgan sport musobaqasiga shahardagi barcha ta’lim tashkilotlarida ishlovchi xodimlar ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy qobiliyati va chaqqonligini ko‘rsatib, o‘zaro bellashdilar. Qizg’in bahs va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan musobaqa xodimlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ularning g’alabaga bo‘lgan ishtiyoqini mustahkamladi. Hamma ishtirokchilar musobaqada g’olib bo‘lish uchun astoydil xarakat qilishdi.
Musobaqa yakunida g’oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarga O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘linmasi kengashining esdalik sovg’alari va diplomlari topshirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: