Badminton sport musobaqasi o‘tkazildi

1-oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayramiga bag’ishlab O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘linmasi tomonidan Nukus shahar maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi bilan birgalikda joriy yilning 19-sentyabr kuni shahridagi umumta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida sportning Badminton  turi bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi.

O‘tkazilgan sport musobaqasiga shahardagi barcha ta’lim tashkilotlarida ishlovchi xodimlar ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy qobiliyati va chaqqonligini ko‘rsatib, o‘zaro bellashdilar. Qizg’in bahs va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan musobaqa xodimlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ularning g’alabaga bo‘lgan ishtiyoqini mustahkamladi. Hamma ishtirokchilar musobaqada g’olib bo‘lish uchun astoydil harakat qilishdi.

Musobaqa yakunida g’oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarga O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘linmasi kengashi tomonidan esdalik sovg’alari va diplomlari topshirildi.