«Obod va fayzli mahalla-yurt ko‘rki» Xalqimizda hashar deb nomlangan ajoyib an’ana bor. Bu odat yillar o‘tsaki, o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Xashar — bu xalqimizning birligini, do‘stlik va hamjihatligini namoyon etuvchi ezgu an’ana. Bu kunlarda har bir qo‘l mehnatga qo‘shilsa, mahallamiz yanada go‘zal, yurtimiz yanada farovon bo‘ladi. Yurtimizda turli bayramlar, muqaddas sanalar oldidan umumxalq hayriya xasharini o‘tkazish va shu orqali hududlarni obodonlashtirish yaxshi an’anaga aylangan.
Joriy yilning 22–23 avgust kunlari o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya xashari ham ana shunday ezgu maqsadga xizmat qiladi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi, tarmoq kasaba uyushmalari xodimlari va Departamentning Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari umumxalq hashar ishlarida faol ishtirok etmoqda.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: