«1 iyun – xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» bayrami munosabati bilan “Mehr va e’tibor – har bir bola uchun” shiori ostida tadbir o‘tkazildi

“1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Mehr va e’tibor – har bir bola uchun” shiori ostida Nukus shahridagi Imkon reabilattsiya markaziga ega bo‘lgan ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti va 26-sonli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sana munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Kengashi raisi Qutlimuratova Dilyafuz Sultamuratovna ishtirok etib, bu erda tarbiyalanayotgan bolalarni bayram munosabati bilan tabrikladi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda yurtimizda hurmatli prezidentimiz rahbarligida yoshlarning, bolalarning bilim olishi, salomatligining mustahkam bo‘lishi, etuk inson bo‘lib kamol topishi uchun ko‘plab ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. eng chekka hududlarda ham zamonaviy bolalar bog’chalari, maktablar, madaniyat va sport ob’ektlari foydalanishga topshirilmoqda.

O‘z navbatida yaratilayotgan bunday sharoitlar farzandlarimizning har tomonlama bilimli, ilg’or fikrli bo‘lib kamol topishida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Qoraqalpog’iston Kengashi raisi tomonidan bolalarga bayram munosabati bilan sovg’alar topshirildi.