7 oktyabr kuni Butunjahon “Munosib mehnat kuni”ga bag’ishlanib O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi majlislar zalida vazirliklar, boshqarmalar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari va kasaba uyushma faollari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida Davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida “Munosib mehnat – munosib hayot asosidir!”, “Ish beruvchilarning ijtimoiy mas’uliyatini oshirish omillari”, “Yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholini ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida”, “Korxona, muassasa va tashkilotlarda ishlab chiqarish bilan bog’liq baxtsiz hadisalarning oldini olish”, “2024 yil paxta yig’im-terimi mavsumida terimchilar uchun shart-sharoit yaratish, mavsum davomida bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanmaslik buyicha milliy monitoring guruhi tomonidan olib borilayotgan ishlar tug’risida” ma’ruzalar tinglandi.
Ma’ruzachilar o‘z so‘zlarida Munosib mehnat tushunchasi odamlarga munosib turmush kechirishlari uchun yaratiladigan mumkinchiliklar ekanligini, u o‘z ishiga bandlik, huquq, himoya va muzokara haqidagi asosiy to‘rt yo‘nalishni qamrab olganligini, mamlakatimizda davlatimiz tomonidan munosib mehnat tamoyillarining to‘liq ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratilib, mehnat kishilari ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganligini, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Xalqaro mehnat tashkilotining 24 ta Konventsiyasi va 1 protokoli ratifikatsiya qilinganligi va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirib borilayotganligi, korxonalarda xodimlarga yaratilgan sharoitlar, ularning ijtimoiy, huquqiy himoyasi va mehnat muhofazasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlari haqida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida hukumat, kasaba uyushmalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda hamkorlikda olib borilayotgan ishlarning barchasi mamlakatimizda munosib mehnat barqarorligini ta’minlash uchun xizmat etayotganligini ta’kidlab o‘tdilar.
Davra suhbatida davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga so‘zga chiquvchilar tomonidan to‘liq javoblar berildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: